Avstraliyada quyosh batareyalarida ishlovchi mashinalar poygasi boshlandi

Fan-texnika 23:41 / 08.10.2017 6599

Avstraliyada quyosh batareyalarida yuruvchi avtomobillar xalqaro poygasi The World Solar Challenge boshlandi.

42 ta mashinadagi ishtirokchilar Avstraliya qit'asini shimolidan janubiga tomon o‘tishlari kerak bo‘ladi. Bu esa 3 ming km ga yaqin masofaga teng. 

Taxmin qilinishicha, shimoldagi Darvin shahridan janubdagi Adelaidaga yo‘l bir haftacha vaqtni oladi. Shuni hisobga olgan holda, mashinalar soatiga 90-100 km bilan harakatlanadilar. 

"Joriy yilda Bridgestone World Solar Challenge poygasining 30 yilligi nishonlanadi. Shu sababli tadbir ishtirokchilari ushbu voqeaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgan", deb aytmoqda poyga direktori Kris Selvud.

Ta'kidlanishicha, ushbu poygada rekord 2009 yilda o‘rnatilgan va Yaponiyadagi Tokay universiteti yaratgan avtomobilga tegishli. O‘shanda mashina masofani 29 soat-u 49 daqiqada bosib o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: