Amerika startapi robotlar yordamida rejadagidan ikki barobar ko‘p investitsiya jalb qildi 

Fan-texnika 14:10 / 08.10.2017 4882

Kaliforniyaning ishlab chiqarishda robotlardan foydalanuvchi Zume Pizza yegulik yetkazib berish xizmati 48 million dollar jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu kompaniya yig‘ishni rejalashtirganidan ikki barobar ko‘p degani. CNBC shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi. 

Zume Pizza muntazam bajariluvchi ishlar uchun robotlardan foydalanadi - masalan, mashinalar xamirga sous solib, pitssani pechga joylaydi. Tayyorlanish jarayonida odamlar ham ishtirok etadi, shu bilan birga, ular foydalanuvchilarning fikr-mulohazalaridan kelib chiqqan holda yangi retseptlar tuzish yoki mavjudlariga o‘zgartirish kiritish bilan ham shug‘ullanishadi. 

Foto: Zume Pizza

Zume Pizza 2016 yilning 1 aprelidan faoliyat yuritib keladi. Kompaniyada izoh berilishicha, oshxonada xodimlar sonini kamaytirish mablag‘larni eng sifatli mahsulotlarni xarid qilishga sarmoyalash imkonini beradi. 2016 yilning dekabrida, 23 million dollarlik investitsion raunddan keyin kompaniya 50 million dollarga baholangan.

Ko‘proq yangiliklar: