Iroqning sobiq prezidenti Kurdiston bayrog‘ida dafn qilindi

Foto: Ako Rasheed/Reuters
Iroqning sobiq prezidenti Jalol Talaboniy 6 oktabr kuni Iroq Kurdistonining Sulaymoniya shahrida dafn etildi. Arab davlatining sobiq rahbarini dafn etish marosimi mintaqaning rasmiy shaxslari va xorijiy vakillar ishtirokida bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Shafaq News portali.
Nashrning yozishicha, vidolashuv marosimi Iroq markaziy hukumatining noroziligiga sabab bo‘lgan. Chunki Talaboniy tobuti Iroq emas, kurdlar bayrog‘iga o‘ralgan. Bundan tashqari, ta'kidlanishicha, Bag‘dod hukumati, dastlab Talaboniy bilan vidolashuv marosimi poytaxtda o‘tkazilishini xohlagan, biroq marhum oila a'zolari uning jasadi Sulaymoniya shahriga olib keltirilishini talab qilishgan.
Uning dafn marosimiga 10 minglab kishilar kelishdi. Bag‘dod ma'muriyati bilan yuzaga kelgan qarama-qarshilikka qaramay, marosimda Iroq va Kurdiston madhiyalari ham yangragan.
2005-2014 yillarda Iroqni boshqargan Talaboniy 83 yoshida Germaniyadagi shifoxonalardan birida 83 yoshida hayotdan ko‘z yumgan. U 2012 yili insultni boshidan kechirgan va Germaniyada davolanayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid

11:01
Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlarini qurollarini tashlashga chaqirdi

17:24 / 03.02.2025
Shvetsiya Qur’onni yoqib yuborgan Momika o‘limida gumon qilinganlarni ozod etdi

17:34 / 31.01.2025
Turkiya ostida yer qobig‘idagi ulkan yoriq topildi

16:28 / 08.01.2025