Google tez orada texnologiyalar oilasini to‘ldirishi kutilayotgan yangi devays haqida ma'lumot berdi. Google Pixel Buds quloqchinlari Apple AirPods'ga juda o‘xshab ketadi, biroq ularning bir necha farqi mavjud. Eng asosiylaridan biri - Google quloqchinlari avtomatik ravishda 40 tildan tarjimalarni amalga oshiradi, buning uchun tugmani bosib, "Menga ispancha gapirishga yordam berib yubor!" deyishning o‘zi kifoya.
Bu funksiyani faqat yana bir yangi qurilma bilan birga qo‘lga kiritish mumkin — Google Pixel 2 smartfoni. Aftidan, Google smartfon ishlab chiqarish sohasida Apple bilan jiddiy raqobatlashmoqchi ko‘rinadi. Quloqchinlar Google Assistant sun'iy intellekt virtual yordamchisi bilan sinxronlasha oladi. Kompaniya bosh direktori Sundar Pichayning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yil ichida tarjima sifati ancha yaxshilangan.
Quloqchinlar noyabr oyida sotuvga chiqadi. Ularning narxi - 159 dollar. Google saytida ularga oldindan buyurtma berish boshlandi.
Biroq kompaniya jiddiy raqobatga kirishishiga to‘g‘ri keladi, zero ko‘p kompaniyalar sinxron tarjimonlarni ishsiz qoldirish ustida ishlamoqda.