Qozog‘istonlik yengilmas bokschi Golovkin WBC talqiniga ko‘ra yil odami deb topildi
Qozog‘istonlik yengilmas bokschi, WBA Super, IBF va WBC boks yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rta vazn toifasida jahon chempioni Gennadiy Golovkin Butunjahon boks kengashi (WBC) talqiniga ko‘ra yil odami deb topildi.

Bu haqda WBC’ning tvitterdagi rasmiy akkauntida ma'lum qilindi.
WBC prezidenti Maurisio Sulaymonning ta'kidlashicha, sportchi bu yuqori unvon bilan "boks yo‘lida ringda va uning ortida qilgan barcha ishlari uchun" taqdirlandi.
Golovkin bokschilik faoliyatida 38 ta jang o‘tkazib, 37 tasida g‘alaba qozongan. Uning meksikalik Saul Alvaresga qarshi kechgan so‘nggi jangi durang natija bilan yakunlandi. Ta'kidlash joizki, ikki bokschi o‘rtasida 2018 yil 5 may kuni revansh jang bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

10:42 / 18.11.2023
Jalolov 14-jangida ham nokaut bilan g‘alaba qozondi, Xalokov va yana 4 bokschimiz raqibidan ustun keldi

21:46 / 16.11.2023
WBC Toshkentda 2023 yildagi eng yaxshi bokschisini e’lon qildi

19:00 / 16.11.2023
Jahon boks yulduzlari O‘zbekiston poytaxtida WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun ringga ko‘tariladi

21:09 / 04.10.2023