Amazon 250 mln. dollarlik jarimaga tortildi

Fan-texnika 20:00 / 05.10.2017 5133

Yevropa Ittifoqi rasmiylari AQShning Amazon kompaniyasiga 250 million yevro miqdorida jarima to‘lashi lozimligini belgilab qo‘yishdi. Ma'lum qilinishicha, kompaniya avval soliqlarni to‘lashdan qochgan. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
 
Raqobat masalalari bo‘yicha yevrokomissar Margret Vestagerning xabar qilishicha, Lyuksemburg hukumati Amazon’ga noqonuniy soliq imtiyozlarini taqdim etgan.

«Lyuksemburg Amazon’ga noqonuniy soliq imtiyozlarini taqdim etgan. Natijada kompaniya YeIda ishlash davrining qariyb uch choragida olingan daromadlardan soliqlar to‘lamagan. Amazon mahalliy kompaniyalar to‘laydigan soliqlardan to‘rt marotaba kamroq soliq to‘lash imkoniyatini olgan. YeIga a'zo davlatlar transmilliy guruhlarga boshqa kompaniyalarga berilmaydigan soliq imtiyozlarini taqdim etishga haqi yo‘q», - dedi yevrokomissar. 

Lyuksemburg va Amazon o‘rtasida soliq bitimi 2003 yilda imzolangan.

Ko‘proq yangiliklar: