Iroq markaziy banki Iroq Kurdistoni banklariga dollar sotishni to‘xtatmoqda

Foto: Reuters
Iroq markaziy banki Iroq Kurdistoni hududiy hukumatini bu muxtoriyatning yetakchi 4 bankiga dollar sotishni to‘xtatishidan ogoh qildi. Bu haqda bankdagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Bundan tashqari, Iroq markaziy banki Iroq Kurdistoniga barcha xorijiy valyuta o‘tkazilishini to‘xtatadi.
Avvalroq Iroq vakillar kengashi (parlament) kurd hududi bilan barcha moliyaviy operatsiyalarning muzlatib qo‘ylishiga ovoz berishgani ma'lum qilingandi. Bundan tashqari, markaziy bankka bevosita muxtoriyatdagi hamda u yerda filiallariga ega bo‘lgan bank tuzilmalariga valyuta sotish taqiqlab qo‘yilgan.
Mavzuga oid

08:46 / 27.02.2025
Ikki hududda valuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:03 / 19.02.2025
Olti hududda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:00 / 15.02.2025
Valutaga sotib olinadigan aktivlarni baholash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

17:24 / 03.02.2025