O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 3 oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollar kursi bir hafta ilgari, 25 sentabr kuni o‘rnatilgan kursga nisbatan 6,16 so‘mga pastlagan va 8060.80 so‘mga teng bo‘lgan.
Bir yevro esa 132.29 so‘mga arzonlab, 9494.01 so‘mni tashkil etgan. 1 Rossiya rubli esa 0.14 so‘mga arzonlab, 139.91 so‘mni tushgan.
1 AQSh dollari 8060,80
1 YeVRO 9494,01
1 Rossiya rubli 139,91
1 Angliya funt sterlingi 10778,90
1 Yaponiya iyenasi 71,47
1 Janubiy Koreya voni 7,04
1 Quvayt dinori 26713,50
1 Malayziya ringgiti 1906,08
1 Kanada dollari 6456,90
1 Xitoy yuani 1211,55
1 Singapur dollari 5925,32
1 Shveytsariya franki 8310,10
1 BAA dirhami 2194,73
1 Misr funti 457,74
1 Avstraliya dollari 6307,58
1 Turkiya lirasi 2259,32
1 SDR 11379,43
1 Ukraina grivnasi 303,04
1 Polsha zlotiysi 2205,54
Ma'lumot uchun, Markaziy bank kursi, avvalgidek, hafta davomida valyuta birjasi savdolari chog‘ida qayd etilgan kurslarning o‘rtacha miqdori sifatida har dushanba kuni belgilanadi va O‘zbekiston hududida valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun qo‘llaniladi.