AQSh EXIM banki O‘zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirishi mumkin
AQSh eksport import banki O‘zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirishga tayyorligini bildirdi. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisi Suhrob Xolmurodovning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga safari doirasida Eksimbank bilan muzokaralar olib borilgan.
Milliy bank boshqaruvi raisining qayd etishicha, AQSh Eksimbanki vakillari O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar hamkorlikni qayta tiklashga kelishib olishgan.

Foto: Xalqaro Press-klub
Xalqaro Press-klubning 27 sentabrdagi sessiyasida ishtirok etgan Xolmurodovning ta'kidlashicha, Eksimbank rasmiy maktubida O‘zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirishda hamkorlikka tayyorligini bildirgan.
Xususan, Amerika banki O‘zbekistonning Boeing samoolyotlari va boshqa texnologik uskunalarni xarid qilishida ishtirok etishi mumkin.
Mavzuga oid

18:05 / 06.02.2025
“Ijodkor” firibgarlar: bunaqalari kinolarda ham uchramaydi

15:48 / 03.02.2025
O‘zbekistonlik yigit Spark’da Yevropaga safar qildi

16:43 / 27.12.2024
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishiga start berildi

16:33 / 25.11.2024