Amazon tubdan o‘zgartirishi kutilayotgan to‘rt soha

Fan-texnika 22:53 / 25.09.2017 8885

Morgan Stanley yetakchi kompaniyalar tahlilchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazib, Amazon elektron kommersiya giganti yaqin yillarda qaysi sohalarni tubdan o‘zgartirishi haqida bilib oladi. Mutaxassislar tub o‘zgarishlar kutilayotgan to‘rt sohani qayd etishdi. Business Insider natijalar bilan bo‘lishdi.

So‘rovnomada 40 nafardan ziyod tahlilchi ishtirok etdi. Ulardan Amazon eng yirik onlayn-riteyleri birinchi navbatda o‘zgartiradigan sohani belgilash so‘raldi.

1. Oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi

Yozda Jyeff Bezosning kompaniyasi 13,7 milliard dollarga Whole Foods oziq-ovqat mahsulotlari tarmog‘ini qo‘lga kiritdi. Bitim kuchga kirgandan keyin birinchi kuniyoq Amazon tarmoq do‘konlaridagi narxlarni 43 foizga qisqartirdi. Wal-Mart va Costco savdo tarmoqlari ham narxlarni tushira boshlashdi va biryo‘la assortimentni o‘zgartirishga kirishishdi. Bundan tashqari, Amazon giganti Kohl’s do‘konlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi - endi ularda riteyler saytida xarid qilingan tovarlarni qaytarishni rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.

2. Supermarket va savdo markazlarining biznes-modeli

Iste'molchilar borgan sari ko‘proq internetdan buyurtma qilishmoqda, savdo markazlari esa u qadar gavjum emas. Bu eng avvalo, ilg‘or onlayn-sotuvchi savdo aylanmasining o‘sishi tufaylidir. Amazon'ning ta'siri avtomobil ehtiyot qismlari bilan savdo qiluvchi do‘konlarni ham qamrab oladi. 

3. Logistika va tovar yetkazib berish

Amazon allaqachon omborlarini robotlashtirishni boshlab yubordi va uchuvchisiz transport davriga qattiq tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kurer-dronlarning ko‘payishi xaridlarni yetkazib beruvchi kasbining yo‘q bo‘lishiga olib keladi. Uchuvchisiz qurilmalar esa tashish bozorini o‘zgartiradi.

4. Tijoriy ko‘chmas mulk bozori

Wal-Mart'dan farqli o‘laroq, onlayn-riteyler tasarrufida ombor maydonlari u qadar ko‘p emas. Whole Foods'ni qo‘lga kiritgandan so‘ng kompaniya qo‘shimcha 92 000 kvadrat metr omborga ega bo‘ldi, biroq bu ham yetarli emas. Tahlilchilarning taxminiga ko‘ra, Amazon kengayishda davom etadi va bu ombor ko‘chmas mulkiga bo‘lgan talabning o‘sishiga ta'sir ko‘rsatadi. Ulkan savdo markazlari esa Amazon tufayli yopilishi ham mumkin, zero ko‘pchilik internetdan buyurtma qilishga o‘tmoqda, savdo markazlarining yopilishi savdo maydonlarining ijara narxini pasaytirib yuborishi mumkin.

Amazon'ni  ko‘pincha AT-monopoliyachisi deb atashadi va Facebook hamda Google bilan bir qatorga qo‘yishadi. Biroq ba'zi ekspertlar onlayn-riteyler Alibaba, Wal-Mart kabi tajriba qilishdan qo‘rqmaydigan boshqa kompaniyalar kabi bozor dinamikasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, deb hisoblashadi.

Ko‘proq yangiliklar: