Samsung to‘liq moslashuvchan ekranga ega bo‘luvchi Galaxy X smartfonini ishlab chiqarmoqda. Bu model brend vatanidagi radiotadqiqotlar agentligida ro‘yxatdan o‘tkazib bo‘lingan. Qator ommaviy axborot vositalari shu haqida xabar berdi.
Hujjatlarga ko‘ra, Galaxy - SM-G888N0 sifatida qayd etilgan, oxirgi ikki belgi (N0) uning ichki bozorga mo‘ljallanganiga ishora qiladi.
Qurilma haqida hozircha hech narsa ma'lum emas, biroq bundan avval 2018 yilda Note seriyali yangi qurilma ishlab chiqarilishi va u moslashuvchan ekranga ega bo‘lishi haqida ma'lum qilingan edi.
Ekspertlar SM-G888N0'ning hatto iPhone X'da yo‘q eng ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lishini va 2017 yilning oxiridayoq ilk ishchi prototiplar haqida ma'lumotlar paydo bo‘lishini taxmin qilishmoqda.
Ta'kidlash joizki, iPhone X sotuvlariga noyabr oyida start beriladi.