Xitoyda yaratilgan robot-stomatolog o‘zi mustaqil ravishda ilk operatsiyani o‘tkazdi

Fan-texnika 20:27 / 23.09.2017 8050

Xitoylik ixtirochilar tomondan yaratilgan robot-stomatolog ishlashni boshladi va hattoki o‘zi mustaqil ravishda ilk operatsiyani o‘tkazdi. Robot bemorga yangi tishlar qo‘ydi.

Robot uchun dasturiy ta'minot va robotning o‘zini yaratish ustida 5 yil ishlandi, chunki barcha ehtimoliy xatoliklar yuz berishini istisno qilish kerak edi, axir bunda bemorning hayoti va sog‘lig‘i garovga qo‘yilgan. Robot o‘ziga qo‘yilgan vazifani ajoyib tarzda uddalab, yangi implantantlari bor-yo‘g‘i 0,2 mm ga og‘ishgan holda qo‘ydi. Qisqasini aytganda, u vazifani o‘zining "jonli" hamkasblaridan hech ham kam bo‘lmagan darajada uddaladi.

Robotning ishlashi jarayonini malakali jarrohlar va boshqa tibbiyot xodimlari kuzatib borishdi. Biroq robotga ularning yordami kerak bo‘lmadi. Bor-yo‘g‘i bir soatdan keyin Sian shahrida yashovchi fuqaro yangi tishlarini ko‘z-ko‘z qila oldi.

Xitoyda stomatologlar xizmatiga ehtiyojmand odamlar ko‘pchilikni tashkil qiladi, biroq hammaga ham mutaxassislar yetmaydi. Hozirda tishlar 3D-printerda bosilayotganiga qaramay, stomatolog huzuriga kirish uchun baribir uzun navbatlar kutishga to‘g‘ri kelmoqda. Bunday robotlar esa bu muammoni qisman bo‘lsa-da hal qilishga yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: