Change.org saytida Londonda Uber servisini taqiqlashga qarshi petitsiyaga bir kunning o‘zida 500 mingdan ortiq inson imzo chekdi.
Kecha Britaniya poytaxti transport tizimi rahbariyati kompaniyadan litsenziyani olib qo‘ygandi. Aytilishicha, Uber taksomotor xizmatlarga qo‘yiladigan talablarga javob bermaydi.
Xabar berilishicha, kompaniyaning amaldagi litsenziyasi muddati 30 sentabr kuni o‘z nihoyasiga yetadi.
Bu qaror haqida ma'lum qilinganidan so‘ng, Change.org saytida London hokimi Sodiq Xon nomiga maxsus petitsiyaga imzo yig‘ish boshlandi.
Mualliflarning ta'kidlashicha, Uber taqiqlanadigan bo‘lsa, o‘n minglab haydovchilar ishdan ayriladi va shaharning millionlab fuqarolari “hamyonbop transport tizimisiz” qoladi.