Joriy haftada Baidu, Deutsche Post va IKEA kabi kompaniyalar EV100 tashabbusiga a'zo bo‘ldilar. Bu tashabbusga ko‘ra, unda ishtirok etuvchi kompaniya eng qisqa muddatlarda o‘zining butun avtoparkini elektr energiyaga o‘tkazadi va bunga mos infratuzilma yaratadi hamda o‘z mijozlari va xodimlarini bunday qilishga undaydi. Bu haqda Gas2 xabar berdi.
Hozir EV100’da 10 ta ta'sischi kompaniya bor: Baidu, DHL, Xitrou aeroporti, HP, IKEA, LeasePlan, METRO, PG & E, Unilever va Vattenfall. Ular bunday tashabbuslar bilan shug‘ullanuvchi Climate Group kompaniyasi ko‘magida faoliyat yuritishmoqda. EV100 eng qisqa muddatlarda elektromobillarga o‘tishni o‘z oldiga maqsad qilgan kompaniyalarni birlashtirishga intiladi.
Ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillardan voz kechish 2030 yilgacha yakunlanishi kerak. Bu vaqtgacha asosiy logistik operatsiyalar elektromobillarda bajariladi, kompaniyalar esa elektrokarlarni oddiy avtohavaskorlar orasida ham ommabop qilishda ko‘mak beruvchi quvvatlash stansiyalari tarmog‘ini yaratadilar.
"Biz elektr transportini oddiy hodisaga aylantirmoqchimiz. Hozir ikkita asosiy muammoni hal qilish kerak. Elektrmobillarga o‘tish sekin kechayotgani sababli, transport hamon atrof-muhitga karbonat angidrid chiqaruvchi eng tez kattayuvchi manbaga bo‘lib qolmoqda. Boshqa tomondan, tizimning global o‘zgarishi, hattoki davlat aralashuvida, biz hozirda ko‘rayotganimizdan ko‘proq iste'molchilik talabini talab qiladi", deb aytdi Climate Group bosh direktori Xelen Klarkson. Bu muammoni tashabbus guruhi hal qilishi kerak.
Ko‘plab davlatlar va kompaniyalar elektr transportga o‘tish jarayonini tezlashtirish uchun sa'y-harakatlar amalga oshirmoqdalar. Yaqinda Renault-Nissan alyansi rahbari Karlos Gon 2040 yilgacha sayyoramizda benzin va dizelda ishlovchi birorta transport qolmasligini aytgan.