VEON kompaniyalar guruhi vakillari ICTWeek 2017 tadbirlarida ishtirok etishdi

Fan-texnika 15:12 / 22.09.2017 2231

Yilning eng innovatsion haftasi – ICTWeek 2017 doirasida VEON kompaniyalar guruhidan bir paytning o‘zida ikki spiker qatnashdi. VEON bosh ofisining vakillari CIO Summit, ICT-Forum doiralarida o‘z taqdimotlari bilan qatnashdilar, shuningdek ICTExpo ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar.

“Moliyaviy sektordagi raqamli transformatsiya” bo‘limi doirasida VEON tashqi aloqalari bo‘yicha direktori Tomas Lamanauskas raqamli transformatsiyaning istiqbollari va trendlari haqida batafsil so‘zlab berdi. Taqdimot chog‘ida u big data‘dan foydalanish tendensiyalari, sarmoyalar va digital-bozorning transfotmatsiyalari haqida so‘zladi. Spiker forum ishtirokchilariga raqamli transformatsiyaning VEON guruhlar kompaniyasi va eng yirik dunyo brendlari misolida xalqaro tajriba bilan bo‘lishdi, shuningdek VEON global digital-platformasining ishga tushirilishini e'lon qildi.

Tomas Lamanauskas
Foto: VEON 

ICT-Forumning ikkinchi kuni butunlay IT-infrastrukturaga bag‘ishlandi. Mazkur maydoncha doirasida yetakchi IT-ekspertlar va soha kompaniyalarining vakillari bulutli yechimlarning rivojlanishi istiqbollari haqida, soft-dasturlash, blokcheyn va «aqlli» shahrlar uchun infratuzilmaviy yechimlar haqida fikr almashdilar. Mazkur seksiya doirasida VEON AKT-xizmatlari bo‘yicha B2B direktori Kumar Klifford so‘zga chiqdi. U bulutli servizlarning avzalligi, shunibdek dunyoda keng ko‘lamli qo‘llanadigan tajribalar haqida batafsil so‘zladi.

“AKT-xizmatlarini rivojlantirish O‘zbekistonda biznes imkoniyatlari uchun katta istiqbollar ochadi. Xususan – yangi bozorlarga chiqish, biznesning asosiy yo‘nalishlariga fokusni qaratish, eng yangi texnologiyalardan foydalanish va, albatta biznes transformatsiyasining eng katta istiqbollari. VEON kompaniyasi uchun O‘zbekistonda AKTning bulutli texnologiyalar bazasida rivojlanishini ko‘rish muhimdir. Ayni paytda biz shunday bulutli xizmatlarni joriy qilmoqdamiz va ulardan mijozlar bir zumning o‘zida foydalana olishadi”, - belgilab o‘tdi Kumar Klifford.

Kumar Klifford
Foto: VEON 

Shuningdek 19 sentabr kuni janob Klifford «Bulutli yechimlarni telekommunikatsiyalarga transformatsiya qilinishining global tendensiyalari» mavzusi bilan CIO Summit‘da qatnashdi. Tadbir doirasida VEON vakili biznesni transformatsiya qilish chog‘ida aloqa operatorlari niamlarga ahamiyat berishlari haqida batafsil so‘zlab berdi.

Ikki spiker ham ICTExpo ko‘rgazmasiga tashrif buyurdilar va qator biznes-uchrashuvlarda ishtirok etdilar.

Ko‘proq yangiliklar: