Microsoft korporatsiyasi asoschisi va sobiq rahbari Bill Geyts agar kompyuterning operatsion tizimiga kirish va uni bloklash uchun Ctrl-Alt-Delete klavishini bir vaqtda qo‘llash bo‘yicha izoh berdi. Windows'ning ko‘plab foydalanuvchilari bir vaqtning o‘zida uch klavishni bosishni noqulay deb hisoblashadi, shunday bo‘lsa-da, ba'zilar bunga o‘rganib ham qolgan.
Bill Geyts Bloomberg Global Business Forum davomida Carlyle Group rahbari Devid Rubenshteynning shu haqidagi savoliga javob berdi. U Geytsdan raqamli texnologiyalar davrining eng sirli savollaridan biriga javob berishni so‘radi: nima uchun tizimga kirish yoki PKni bloklash uchun uch barmoq talab etiladi?
Rubenshteyn shuningdek Microsoft asoschisidan nima uchun o‘sha paytlar Ctrl-Alt-Del klavishlarini bittada qo‘llashni yaxshi g‘oya deb hisoblaganiga qiziqish bildirdi.
Bunga javoban Bill Geyts agar imkoni bo‘lganda bu operatsiyani birgina klavish yordamida amalga oshirgan bo‘lishini ma'lum qildi. "Ortga qaytib, qandaydir mayda narsalarni o‘zgartirishning iloji yo‘q, - dedi u. - Albatta, agar kichik o‘zgarishlar kiritish imkoni bo‘lganda, operatsiya bir klavishli bo‘lardi".
Ta'kidlash joizki, Geyts birinchi marta bu mavzuda izoh bermoqda. 2013 yilda u klaviatura ishlab chiqaruvchilar IBM PC'ning kirish funksiyasi uchun alohida klavish ajratishdan bosh tortishganini aytgandi.