O‘zbekistonda jahon chempionatlari o‘tkazilishi mumkin

Foto: Getty Images
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov va O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi a'zosi Bobur Shodiyev bugun Shveytsariyaning Tsyurix shahrida FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, Umid Ahmadjonovning tashrifdan ko‘zlagan asosiy maqsadi FIFA tasnifidagi xalqaro tadbir va musobaqalarni O‘zbekistonga olib kelish bo‘lib, O‘FF Prezidenti Janni Infantino bilan o‘zaro suhbat chog‘ida o‘smirlar hamda yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati, 17 va 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasini qizg‘in muhokama qildi.
Shuningdek, O‘FF Prezidenti FIFA prezidenti bilan suhbat asnosida O‘zbekiston bugungi kunga kelib, FIFA Kongressi, shuningdek, FIFAning ixtisoslashgan forumlaridan biriga mezbonlik qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid

14:44 / 17.12.2024
FIFA Ukraina xaritasini Qrimsiz ko‘rsatganidan «afsusda»

20:53 / 11.12.2024
FIFA 2030 va 2034 yilgi Jahon chempionati mezbonlarini e’lon qildi

15:16 / 18.07.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriladi, Ispaniya 3-o‘ringa ko‘tarildi

22:37 / 06.05.2024