Samsung va LG eng ilg‘or Galaxy Note 8 va V30 smartfonlari savdosini boshladi

Fan-texnika 10:49 / 21.09.2017 7863

Samsung Electronics va LG Electronics kompaniyalari Janubiy Koreyada o‘zlarining Galaxy Note 8 va V30 ilg‘or telefonlarining savdosini boshladi. Ikki kompaniyaning ma'lum qilishicha, yangi modellar respublikada ham xorijda ham savdolar bo‘yicha rekordlar o‘rnatishi kutilmoqda. 

Samsung hisob-kitoblariga ko‘ra, birgina buyurtmalar orqali shu paytga qadar 400 ming dona Galaxy Note 8 sotilgan. Bu avvalgi Galaxy Note 7 modeliga berilgan buyurtmalardan 20 ming donaga ko‘p demakdir. 

Yangi smartfon displeyi romsiz bo‘lib, diagonali 6,3 dyuym. Bundan tashqari optik barqarorlashtiruvchi 2 ta kamera, telefon qalami – stilusiga ega. 

LG V30 telefoniga buyurtmalar ham avvalgilariga qaraganda ko‘proq bo‘lgani ta'kidlanmoqda. Kompaniya shu yil boshida taqdim etilgan G6 smartfoniga qaraganda buyurtmalar ko‘proq tushayotganini qayd etganiga qaramay, aniq raqamlarni keltirmagan. V30 – LG kompaniyasining bir vaqtning o‘zida ham OLED-displey va ikkita kamera bilan jihozlangan ilk telefoni hisoblanadi. Kamera obektivlaridan birining diafragmasi  F/1,6 dan ko‘p bo‘lgan miqdorda ochiladi. Bu har qanday raqobatchi smartfonlar ko‘rsatkichidan yaxshi hisoblanadi. 

Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, LG V30 mobil foto va video havaskarlor uchun eng munosib telefondir. 

LG Electronics V30 telefoniga katta umid bog‘lamoqda. Kompaniyaning ishonch bildirishicha, yangi ilg‘or telefon mobil bo‘linmadagi vaziyatni yaxshilash imkonini beradi. Bu bo‘linma qatorasiga 9 chorak zarar ko‘rmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: