Polsha bosh vaziri Boltiq dengizida harbiy-dengiz politsiyasini yaratishni taklif qildi
Donald Tusk o‘z taklifini Shvetsiyada bo‘lib o‘tadigan Boltiq va Shimoliy Yevropa davlatlari hukumatlari rahbarlari uchrashuvida ilgari suradi.

Foto: Gov.pl
Boltiq va Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiyadan kelayotgan tahdidlardan himoyalanish uchun Boltiq dengizida harbiy-dengiz politsiyasini tuzishi kerak. Bu haqda Polsha bosh vaziri Donald Tusk ma’lum qildi.
Uning eslatishicha, Ukrainadagi urush fonida NATO davlatlari xavfsizlik sohasida qo‘shma harakatlarni qabul qilmoqda. Xususan, ular Boltiq davlatlari havo makonida muntazam nazoratni olib borayotgan havo politsiyasi missiyasini tashkil etgan.
«Gap Boltiq suvlaridagi xavfsizlik va nazorat haqida ketganida men o‘z sheriklarimizni «harbiy-dengiz partuli» kabi formulani zudlik bilan ishlab chiqish kerakligiga chaqiraman», — deydi Tusk.
Bosh vazirning ta’kidlashicha, u o‘z taklifini Shvetsiyada bo‘lib o‘tadigan Boltiq va Shimoliy Yevropa davlatlari hukumatlari rahbarlari uchrashuvida ilgari suradi. Muzokaralar davomida bosh vazirlar mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni muhokama qiladi va Ukrainadagi urush bilan bog‘liq siyosatni muvofiqlashtiradi.
Noyabr o‘rtalarida Boltiq dengizi tubidan o‘tgan ikkita telekommunikatsiya kabeli uzilgan. Ulardan biri Litva Shvetsiyani, ikkinchisi esa Finlandiya va Germaniyani bog‘lab turgan. Mazkur holatlar AQSh Rossiya harbiylari Boltiqdagi muhim suvosti kabellari atrofida faolligini oshirgani to‘g‘risidagi ogohlantirishidan ikki oy o‘tib sodir bo‘lgan. Amerikalik amaldorlarning ma’lum qilishicha, RF Mudofaa vazirligi NATO davlatlarining muhim aloqa infratuzilmalariga shikast yetkazishga qaratilgan maxsus bo‘linmalarni tayyorlamoqda.
Mavzuga oid

22:44 / 07.03.2025
Polshada barcha erkaklar harbiy yig‘inlardan o‘tishi majburiy bo‘ladi

15:23 / 07.03.2025
Zelenskiyning afsusi, Putinning talablari va so‘roq ostidagi NATO - geosiyosiy hafta tahlili

21:16 / 05.03.2025
Yevropaga o‘z mustaqil mudofaa tizimini qurish uchun kamida 10 yil kerak - The Economist

22:03 / 01.03.2025