Uchinchi avlod YotaPhone smartfonlari Xitoy bozoriga chiqdi. Uning asosiy xususiyati avvalgi modellarda bo‘lgani kabi orqa paneldagi "elektron siyox"li ekran bo‘ldi. CGTN shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.
Smartfon ishlab chiqaruvchilarining ta'kidlashicha, asosiy AMOLED-ekran, albatta rangli. U bundan oldingi 4,7 dyuymli modeldan farqli o‘laroq, 5,5 dyuym diagonalga ega.
YotaPhone 3 yaratuvchilari Apple kompaniyasining yo‘lidan borib, modelni quloqchinlarni ulashga mo‘ljallangan o‘ymadan mahrum qilishdi, endi ularni USB Type-C porti yoki maxsus adapter yordamida ulash mumkin bo‘ladi.
Operativ xotira hajmi - 4 Gb, ichki xotira esa - 64 yoki 128 Gb. Smartfonning orqa panelida 13 Mp'li kamera bo‘lib, frontal kamerasi - 12 Mp.
Joriy yilning martida YotaPhone 3 smartfoni taqdimoti moliyalashtirishdagi yetishmovchilik tufayli qoldirilgan edi, yangi model 20 sentabr kuni namoyish qilindi.