AQSh qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar komissiyasining bazasiga xakerlar hujum qildi

Fan-texnika 16:25 / 21.09.2017 5581

AQSh qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi, o‘z bazasining buzilgani haqida e'lon qildi. Buning oqibatida begona shaxslar ichki ma'lumotlarni qo‘lga kiritgan bo‘lishi mumkin, deyiladi komissiya xabarida. 

2016 yili hujjatlarni ro‘yxatga olish va saqlash bo‘yicha EDGAR tizimi buzilgan. Keyinchalik nuqson bartaraf etilgan. Biroq joriy yil avgustida komissiya ushbu hodisa uchinchi tomonga noqonuniy ravishda boylik orttirish imkonini berganini aniqlagan. 

Shu bilan birga, komissiyaning qayd etishicha, bu holat tizimdagi shaxsiy ma'lumotlar bazasidagi axborotlar olinishini o‘z ichiga olmaydi. Bundan tashqari, komissiya faoliyatini xavf ostiga qo‘ymaydi va xakerlik hujumlari bilan bog‘liq tizimli tahdidlarga olib kelmagan. 

"Kiberxavfsizlik bizning bozorda amaliyotlar o‘tkazish uchun juda muhim. Tavakkalchiliklar juda yuqori, ayrim hollarda buzilishlar tizimli ravishda bo‘lib turadi", — degan komissiya rahbari Jyey Kleyton. 

Xabarda aytilishicha, xakerlik hujumidan so‘ng ichki tekshiruv o‘tkazilgan hamda kiberxavfsizlik bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: