Shu yilning boshida Samsung va Artel kompaniyalari vakillari birgalikda kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish to‘g‘risida o‘zaro muzokara o‘tkazishdi. Mart oyining boshida 5ta yangi kir yuvish mashinasi ishlab chiqarish to‘g‘risida bitim tuzildi va o‘sha vaqtning o‘zidayoq ishlab chiqarishga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.
Shu daqiqadan boshlab Artel zavodida Samsung kompaniyasining 5 ta yangi kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarish boshlandi. Yangi chiqayotgan modellar dizaynida urg‘u bejirimlikka qaratilgan. Qora va kristall qora, oq va kristall oq, kumush rang va kristall ko‘k ranglarida tus olgan Samsung kir yuvish mashinalari nigohingizni o‘ziga jalb etadi. Ichki xususiyatlari ham, xuddi tashqari ko‘rinishidek yoqimli taassurot qoldiradi.
Eski nusxadagi kir yuvish mashinalarning eng katta muammolaridan biri, bu yuvilayotgan kiyimlarga shikast yetkazishi edi. Ehtiyotkorlik bilan yuvilishi kerak bo‘lgan kiyimlar yuvilganidan keyin kiyib bo‘lmaydigan ahvolga kelish ehtimoli juda baland bo‘lgan. Samsung kir yuvish mashinalarida ishlatilayotgan Diamond barabanlari silliq romb shaklidagi bo‘rtqichlarga ega. Ular kiyimlarni judayam ehtiyotkorlik bilan tozalaydi va suv oqib chiqishi uchun mo‘ljallangan teshikchalar kiyimlarni baraban siqib qolishidan himoya qiladi.
Bundan tashqari, har bir chiqayotgan Samsung kir yuvish mashinasi A dan A +++ gacha bo‘lgan energiya tejamkorligiga ega. Bu degani, yangi kir yuvish mashinalari sizga anchagina vaqt va pulni tejab qoladi. Elektr toki o‘ynashni boshlaganda himoya qiluvchi stabilizatorlar esa kir yuvish mashinasi umrini anchagina uzaytirish qobiliyatiga ega. O‘rnatilgan stabilizatorlarning elektr tokini taxminan 25 foizga stabillashtirish imkoniyati mavjud.
Yangi beshta modelning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
6 kg kir yuvish hajmiga ega bo‘lgan WW60J3083LW nomli model, oilangiz uchun a'lo yordamchi bo‘lishi mumkin. Tushunarli interfeys va o‘nta har xil kir yuvish ish tartiblari orasida Main 2 ham bor. Main 2 kir yuvish tartibida, uncha kir bo‘lmagan kiyimni kir yuvish mashinasiga tashlab, eng qisqa vaqtda top-toza qilib yuvsa bo‘ladi. WW60J3063LW, WW60J4060HW, WW60J4210JW modellari ham 6 kg kir yuvish hajmiga ega, ammo har bir nusxada bir yoki bir nechta qo‘shimcha xususiyatlar bor. Masalan ECO Bubble, Bubble Soak, Smart Check yoki Eco Drum Clean.
Kir yuvish mashinalari orasida dong‘i ketgan ECO Bubble xususiyati bir nechta sohalarda asqotadi. Bu xususiyatga ega bo‘lgan kir yuvish mashinalari o‘z o‘zidan pufaklar ishlab chiqarib, kir yuvish poroshokini havo bilan boyitilgan suvda eritishga qodir. Bu xususiyat kiyimni kuchli konsentratsiyaga ega tozalovchi vositalarga qaraganda yaxshiroq tozalaydi. Eco Bubble sovuq va issiq suvda bir xil samarali natijaga ega bo‘lgani sababli, elektrik tokini tejashi ham mumkin.
Bubble Soak texnologiyasi hatto tozalinishi qiyin bo‘lgan dog‘larni osongina yuvib tashlashga ko‘maklashadi. Bu xususiyatni ishlatganda, matodagi dog‘lar pufaklar yordamida yumshatiladi va yuvib tashlanadi.
Smart Check mobil ilova bo‘lib, kir yuvish mashinasi ishdan chiqqan hollarda nima ishdan chiqqanini va ta'mirlanishi shart bo‘lgan jihozni qanday tuzatish mumkinligi haqida ma'lumot beradi. Bu ilova yordamida uncha qiyin bo‘lmagan ta'mirlash ishlarini o‘zingiz amalga oshirishingiz mumkin.
Eco Drum Clean xususiyati kir yuvish mashinasi barabanini tozalashni yanada osonlashtiradi va hech qanday kimyoviy vositalarsiz tozalashga ko‘maklashadi. Kerak bo‘lganida bu xususiyat hatto barabanni tozalash vaqti kelgani haqida darak berishi ham mumkin.
WW80J6210CW nomli model ham yuqorida aytilgan xususiyatlarga ega, ammo uning kir yuvish hajmi 8 kilogrammdan iborat. Bu turdagi kir yuvish mashinalari katta hajmda kir yuvish uchun to‘g‘ri keladi.
Invertor turidagi motorlar esa juda katta energiya tejamkorligiga, past shovqin darajasiga va uzoq vaqt xizmat qilish muddatiga ega. Kir yuvish mashinalari har xil xususiyatga egaligi tufayli, har bir mijozning talablarini qoniqtira oladi va har bir mijoz hamyoniga mos keladi.
Reklama huquqi asosida