Xitoyda zarba beruvchi dron-vertolyot yaratildi

Fan-texnika 21:10 / 19.09.2017 9679

2018 yilda Xitoyda ishlab chiqarilgan zarba beruvchi dron-vertolyot seriyali ishlab chiqarila boshlanishi mumkin.

Tyantszin shahridagi China Helicopter Expo ko‘rgazmasi davomida vertolyot ko‘rinishida yaratilgan AV500W zarba beruvchi droni taqdim qilindi. Odatda zarba beruvchi dronlar samolyotlar ko‘rinishida quriladi, biroq xitoylik mutaxassislar nima uchun dronni vertolyot ko‘rinishida yaratishganiga izoh berishdi: bunday dron o‘zida ko‘p miqdorda qurol olib yurishi mumkin hamda uchishi va qo‘nishi uchun maxsus tayyorlangan aerodromlarni talab qilmaydi.

Ilk zarba beruvchi vertolyot boshqariluvchi analoglariga nisbatan uncha katta o‘lchamlarga ega emas. Uning uzunligi 7 metrni tashkil qiladi, og‘irligi esa 400 kg. Bunday vertolyotlarni ikki xil: razvedka olib boruvchi va jangovar ko‘rinishda ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Foto: twitter.com/卫纳夜格@Raj‏

Razvedkachi vertolyot kameralar va radarlar majmuasi bilan jihozlangan, uzoq vaqt ishlashi mumkin. Dron bir quvvatlanishda soatiga 160 km dan ko‘proq tezlik bilan 8 soat ishlashi mumkin. Dronning jangovar versiyasi esa 4 soatgina uchishi mumkin. Shu bilan birga u bortiga 118 kg qurol olishi mumkin.

Dron uchun standart qurollar "havo-yer" turidagi 4 ta raketa hisoblanadi. Raketalar radar bo‘yicha nishonga yo‘naltirilishi mumkin va uning ta'sir qilish doirasi 5 km ga yaqinni tashkil qiladi. Shuningdek, vertolyot pulemyot va erkin tushuvchi bombalar bilan qurollanishi mumkin.    

Foto: twitter.com/卫纳夜格@Raj‏

Bunday dron razvedka yoki chegaradagi operatsiyalar vaqtida samarali bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bunday dron maksimal past balandlikkacha tushib, istalgan shubhali joyni sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirishi mumkin. Xitoylik mutaxassislarning fikricha, dron jiddiy havo hujumiga qarshi mudofaa tizimiga ega bo‘lmagan raqib texnikasiga qarshi ham samarali bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: