Caterpillar aksiyalari tarixiy qiymatini yangiladi

Iqtisodiyot 12:52 / 19.09.2017 4383

Tog‘-kon va yo‘l qurilishi texnikalari bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyasi Caterpillar qimmatli qog‘ozlari narxi 2 foizga o‘sib, UBS hisoboti e'lon qilinganidan so‘ng tarixiy eng yuqori qiymatini yangiladi. Uning bir dona oddiy aksiyasi 124,15 dollarni tashkil etmoqda. UBS tahlilchilari Caterpillar aksiyalari uchun tavsiyalarni «betaraf» darajadan «xarid qilish» darajasiga o‘zgartirdi. 

Ularning fikricha, kelasi yilda tog‘-kon qazib olish uskunalari bozorida o‘sish kutilmoqda, foydali qazilmalarni qazib olish uchun sarmoyaviy xarajatlar o‘sadi. Bularning barchasi Caterpillar daromadi oshishiga imkon beradi. 

Bundan tashqari, ekspertlarga ko‘ra, AQShda xususiy qurilish bozori ham o‘sishi kutilayapti. Shu bilan Caterpillar aksiyalarining tavsiya qiymati ham 116 dollardan 140 dollargacha oshirildi. UBS, shuningdek, har bir aksiyadan 2018 yilda ko‘riladigan daromadni 5,9 dollardan 7,5 dollargacha oshirdi. 

Umuman, yil boshidan beri Caterpillar aksiyalari 33 foizga qimmatlashdi. 

Ko‘proq yangiliklar: