Yangi Lada Vesta’ning narxlari ma'lum qilindi

Fan-texnika 20:17 / 19.09.2017 33266

Lada Vesta SW (station wagon — universal) modelining narxi Comfort komplektatsiyasidagi versiyasi uchun 639,9 ming rubldan avtomat uzatmalar qutisiga ega maksimal jihozlanishdagi Cross versiyasi uchun 847,9 ming rublgachani tashkil qiladi. Bu haqda mashinani ishlab chiqaruvchi "AvtoVAZ" kompaniyasi ma'lum qildi. 

"2017 yil 19 sentabrdan Lada’ning barcha dilerlarida Lada Vesta SW va Lada Vesta SW Cross uchun buyurtmalar olina boshlanadi. Qo‘shimcha ravishda tumanga qarshi faralar, 16 dyuymli yengil qotishmali disklar va old oyna isitgichiga ega Image paketini sotib olish mumkin. Mashinaning bu optsiyalarga ega versiyasi 662,9 ming rubldan taklif qilinadi", deyilgan xabarda.

Luxe komplektatsiyasidagi versiya 702,9 ming rubldan boshlab taklif qilinadi, unga old o‘rindiqlarning bel qismida yonlama xavfsizlik yostiqchalari, yomg‘ir va yorug‘lik datchiklari, old oyna isitgichi, avtomatik iqlim-nazorati, ikkinchi pol paneli va yukxona uchun organayzer, old eshiklar yoritgichi kiradi. Tarkibiga orqani ko‘rsatuvchi kamera kiruvchi Multimedia va orqa o‘rindiqlar isitgichi va navigatsiyaga ega Prestige paketlari uchun mos ravishda 24 ming va 42 ming rubl qo‘proq to‘lanadi.

Lada Vesta SW Cross uchun narxlar 755,9 ming rubldan boshlanadi. Bu pullar uchun 1,6 litrga ega dvigatelli va mexanik uzatmalar qutisiga ega Luxe komplektatsiyasidagi avtomobil taklif qilinadi. 1,8 litrli dvigatelga ega bunday mashinaning mexanik uzatmalar qutisiga ega versiyasi 804,9 ming rublga, avtomatik uzatmalar qutisiga ega versiyasi esa 829,9 ming rublga aylanadi. Lada Vesta SW Cross’ning avtomatik uzatmalar qutisi va Prestige paketiga ega eng qimmatbaho versiyasi 847,9 ming rubl turadi.

Yangi mashina "AvtoVAZ"ning Ijyevskdagi zavodida 11 sentabrdan ishlab chiqarila boshlandi. 

Ta'kidlanishicha, "AvtoVAZ"ning 2017 yilning ilk 8 oyiga ko‘ra savdolari hajmi 15,5 foizga oshib, 193 ming avtomobilgacha yetgan.

Ko‘proq yangiliklar: