O‘zbekiston | 15:00 / 17.09.2017
5812
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

15 sentabr kuni Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Naytxart Xyofer-Vissing ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani tashkil etdi. Shu kuni elchi janoblarining O‘zbekistondagi faoliyati yakuniga yetgani ma'lum qilindi. 

Naytxart Xyofer-Vissing  O‘zbekistonga elchi sifatida 2014 yilning yanvar oyida tashrif buyurgan bo‘lib, to‘rt yil ichida u diplomatik missiyasini a'lo darajada amalga oshirdi.

TIV rahbari Abdulaziz Komilov qayd etganidek, Naytxart Xyofer-Vissing to‘rt yillik samarali mehnati davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga o‘z hissasini qo‘shishga muvaffaq bo‘ldi. 

"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekistonda olib borilayotgan siyosat va yangi islohotlar mamlakatning har tomonlama rivojlanishi uchun juda muhimdir.  Ayniqsa, O‘zbekistonda ma'muriy sudning tashkil topganligi sud tizimining bosqichma-bosqich erkinlashtirilishiga, insonlar huquqlarini ishonchli himoya qilishga yordam beradi. Bu esa o‘z navbatida hukumat faoliyati yanada rivojlanishiga hissa qo‘shadi", deydi Naytxart Xyofer-Vissing.

Elchi matbuot anjumanida O‘zbekistondagi faoliyati va taassurotlari haqida o‘rtoqlashdi hamda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

"Menga xalqingiz juda iliq munosabatda bo‘ldi. O‘zbekistondan juda yaxshi taassurotlar bilan qaytmoqdaman. O‘ylaymanki, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va diplomatik munosabatlar yanada rivojlanadi va yangi hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi".

Mavzuga oid