Koreyaning Hyundai’ga tegishli bo‘lgan Genesis kompaniyasi o‘zining yangi sedanini rasman taqdim etdi. U G70 nomini oldi. Marka dizayn markazi joylashgan Namyang shahrida ko‘rsatilgan model BMW 3 seriya, Mercedes-Benz C-sinf va Audi A4 bilan xaridorlar uchun kurash olib borishi mumkin.
Yangilik Kia Stinger asosidagi platformada qurilgan. Oldinda «MakFerson» tirgaklari, orqada esa – ko‘prichaklar joylashgan. Orqa uzatmali shassining 55 foizi yuqori chidamli po‘latga ega.
Genesis G70 motor gammasi uch dvigateldan iborat: ikki benzinli va bitta dizelli. Top nusxa 3,3 litrli V6 turbomotorni oladi, u 370 ot kuchiga ega. «Stinger»da bu dvigatel sakkiz diapazonli avtomatlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan uyg‘unlashadi.
3.3 motorli G70 soatiga yuz kilometrga 4,7 soniyada chiqadi, sedanning maksimal tezligi esa soatiga 270 kilometrni tashkil etadi.
To‘rt eshikli avtomobil 2.0 benzinli va 2.2 dizelli turbomotor bilan ham taqdim etiladi, ular mos ravishda 252 hamda 202 ot kuchiga egadir.
Genesis G70 orqa va to‘la uzatma bilan taklif etiladi. Uning elektron yordamchilari va xavfsizlik tizimlari ro‘yxatiga to‘qnashuvlardan qochish funksiyasi, “zaif” zonalarni kuzatish tizimi, haydovchi holatini kuzatish funksiyasi, moslashgan kruiz-nazorat kiradi.
G70’ning o‘lchamlari taqdim etilmagan. Motor1 nashrining iddao etishicha, model uzunligi 4683 millimetrga, uning g‘ildirak bazasi 2834 millimetrga teng.
Sedan ichki qismini bezashda alyuminiy, metall va teridan foydalanilgan. Salon uchun yetti variantdagi rang tayyorlandi, ulardan faqatgina ikkitasi 3.3 motorli avtomobillar uchun mo‘ljallangan.
Janubiy Koreyada Genesis G70 savdolari 20 sentabrda boshlanadi.