Rolls-Royce kompaniyasi nomi ko‘p holatlarda milliarderlar uchun juda qimmat avtomobillar haqida tasavvur uyg‘otadi. 1906 yilda asos solingan Britaniyaning mashhur ishlab chiqaruvchisi avto, kemalar va samolyotlar uchun dvigatellar hamda energetik uskunalarga ixtisoslashgan bo‘lib, bugungi kunda bozordagi qiymati 10 milliard funt sterlingdan ortiqni tashkil etadi. Kompaniya rahbariyati noyob boshqaruvchisiz kemani yaratish bo‘yicha rejalarini ochiqladi, u eng so‘nggi texnika bilan jihozlanadi.
60 metrlik kema soatiga 46 kilometr tezlikka chiqishi, bir urinishda 3500 dengiz milyasini bosib o‘tishi hamda muhim (shu jumladan, harbiy ham) missiyalarni 100 kun davomida bajarishi mumkin. Missiyaning ichiga patrul olib borish, ta'qib etish, kuzatuv olib borish, minalarni izlash va boshqalar kiradi. Dvigatel qurilmasi o‘z ichiga ikkita Rolls-Royce MTU 4000 generatorini qamrab oladi va kemani 4 megavatt elektroenergiya bilan ta'minlaydi. Quyosh panellari esa akkumulyatorlarni uzoq vaqt davomida quvvatlantirib turish imkoniga ega.
Kema zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, ular orasida sun'iy idrok, uncha katta bo‘lmagan dronlar armiyasi, shuningdek, kemaning harakatlanishida yordam berib turuvchi turli-tuman sensorlar bor. Kema boshqa kemalarni mustaqil aniqlashi mumkin, hamda agarda, bu jangovar vazifada belgilangan bo‘lsa, u bilan uchrashishdan qochishi mumkin. Maxsus uskunalar orqali hattoki juda chuqur masofada ham “yashirinib” olgan dushman suvosti kemalari payqalishi imkoni bor.
Bo‘lajak kema yaratuvchilarining ishonch bildirishicha, dron-kemalar kishilar boshqaruvi ostida bo‘lgan kemalarni yaqin kelajakda almashtirishi imkonsiz bo‘ladi. Biroq, ularni harbiy flotga joriy etish hamda shu tariqa, inson omili bilan bog‘liq bo‘lgan xatarlarni kamaytirish mumkin. Hozircha kema haqida deyarli hech narsa ma'lum emas, biroq Rolls-Royce kompaniyasi yaqin oylar ichida batafsil ma'lumot berishni va'da qilmoqda.