Muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan fuqarolarga soliq imtiyozlari beriladi

Fan-texnika 11:47 / 14.09.2017 19496

Soliq kodeksining 275- va 290-moddalariga qo‘shimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasi QHTBT portalida e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Uy-joylarda amaldagi energiya resurslari tarmoqlaridan to‘liq uzilgan holda muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan jismoniy shaxslarni mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod qilish ko‘rinishidagi imtiyozni kiritish taklif etilmoqda.
 
Imtiyoz muqobil energiya manbalari o‘rnatilgan oydan boshlab 3 yil muddatga taqdim etiladi. Energiya ta'minoti tashkilotlarining tegishli ma'lumotnomasi imtiyozni qo‘llash uchun asos hisoblanadi.
 
Loyiha o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi  yoki rad etilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: