Erkin konvertatsiya ochilganidan buyon bank shoxobchalarida qancha mablag‘ almashtirilgani ma'lum qilindi

Iqtisodiyot 12:20 / 14.09.2017 67130

5 sentabrdan O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab erkin konvertatsiya amaliyoti joriy etilib, banklarda valyuta sotilishi yo‘lga qo‘yilganidan buyon tijorat banklarida aholi jami 200 million dollarga yaqin mablag‘ni so‘mga almashtirgan. Shuningdek, o‘tgan vaqt ichida 100 million dollarga yaqin mablag‘ boshqa hamkorlar - yuridik shaxslardan sotib olingan. Bu haqda bugun, 14 sentabr kuni O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 2 sentabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan matbuot anjumani vaqtida Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari Temur Aminjonovich Ishmetov ma'lum qildi.

U bu kutilganidan yaxshiroq natija ekanini qayd etib o‘tgan.

Anjumanda ishtirok etayotgan Kun.uz muxbirining Markaziy bank raisi o‘rinbosariga asoslanib xabar qilishicha, erkin konvertatsiyaga bir yil davomida tayyorgarlik ko‘rilgan, o‘tgan yilning sentabridayoq bu boradagi ishlar boshlangandi.

Ishmetov valyuta almashtirishda hech qanday cheklovlar yo‘qligini, valyuta almashtirishda ma'lum miqdorlar o‘rnatilgani haqidagi gaplar asossiz ekani va naqd pul yetishmovchiligi kuzatilmasligini ta'kidlagan. U shuningdek, erkin konvertatsiya inflyatsiyaga sabab bo‘lmasligi, narxlar ko‘tarilishi konvertatsiya bilan bog‘liq bo‘lmasligini qo‘shimcha qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: