BMT bosh kotibi rohingya millatiga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirdi

Foto: AP
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Myanma hukumatini rohingya musulmonlariga nisbatan zo‘ravonlikni va harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Guterreshning aytishicha, ushbu ixtilof butun mintaqaning beqarorlashuviga olib keladi. Uning ta'kidlashicha, Myanmada falokatli gumanitar vaziyat vujudga kelgan.
U dunyo mamlakatlarini gumanitar operatsiyalar o‘tkazish va gumanitar yordam yetkazish uchun birlashishga chaqirdi.
Avvalroq Indoneziya Bangladeshga myanmalik qochqinlar uchun 34 tonna gumanitar yordam jo‘natgani ma'lum qilingandi.
Asosan buddaviylardan iborat Myanma va rohingya musulmonlari o‘rtasidagi mojaro ko‘p yildan beri davom etib keladi. Buning asosiy sababi Myanma hukumatining rohingyalarni mamlakat fuqarolari deb tan olishni istamasligi hisoblanadi.
Mavzuga oid

17:17 / 07.03.2025
O‘zbekiston va yana besh davlat natsistlarni ulug‘lashga urinishlarni qoraladi

16:33 / 06.03.2025
Biz har bir bola bog‘chada o‘zini erkin, xavfsiz va quvnoq his qilishini xohlaymiz - Hilola Umarova

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

22:19 / 03.03.2025