Yangi korxonaga 763,5 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar berildi

Iqtisodiyot 16:20 / 14.09.2017 6486

Surxondaryo viloyati tadbirkorlarining faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda ularni o‘ylantirayotgan masalalarni atroflicha o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining bir guruh mutaxassislari "JARQO'RG'ON PARRANDA" MChJda bo‘lib qaytdilar. Bu haqda KUN.UZ’ga Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur korxonada chet eldan keltirilgan zamonaviy uskunalarni o‘rnatish ishlari endigina nihoyasiga yetkazilib, bir necha kundan keyin bu yerga naslli jo‘jalar keltirilishi hamda ushbu korxona ish boshlashi arafasida ekan.      

- Korxonamiz ta'mirlanib bo‘lgach, 1 mln 300 ming AQSh dollaridan oshiqroq mablag‘ evaziga parrandalarni saqlaydigan uskunalar keltirib o‘rnatildi, - deydi parrandachilik bo‘yicha bosh mutaxassis Qarshi Sharipov. 

Uning ta'kidlashicha, bir necha kundan so‘ng 62 mingdan ortiqroq jo‘ja olib kelinishi kutilmoqda. Jo‘jalar yetilib tuxumga kirgach, kuniga 250 mingtadan tuxum olishni rejalashtirishmoqda. Mazkur korxonaga keltirilgan texnologik uskunalar bir necha soat ichida bojxona jarayonlaridan o‘tkazilib, korxonaga foydalanish uchun taqdim etildi. 

Chetdan keltirilgan zamonaviy texnologik uskunalarni ko‘zdan kechirar ekansiz, mazkur apparatlar dasturlashtirilganligini ko‘rib, ushbu texnikani ishlatish jarayoni davomida inson qo‘l mehnatiga deyarli zarurat qolmaganligining guvohi bo‘lishingiz mumkin. Sodda qilib aytganda, inson boshqaradi, texnologiya esa ishlaydi.  

Ta'kidlash kerakki, mazkur texnologik uskunalarni mamlakatga keltirilishida amaldagi tartiblarga rioya etilgan holda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan 763,5 mln so‘mlik bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar berildi. Tadbirkor ta'kidlaganidek, bojxona imtiyozlari sifatida taqdim etilgan ushbu yengillik mazkur korxona faoliyatini kengaytirishga yo‘naltiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: