Olimlar ilk marotaba laboratoriya sharoitida suyak to‘qimasini yetishtirishdi. Endilikda, shifokorlar jiddiy jarohatlar tufayli suyakli a'zolaridan ayrilishi mumkin bo‘lganlarga yordam bera oladi. Olimlar o‘z tadqiqotlari haqida Nature Biomedical Engineering jurnalida e'lon qilishdi.
Shotlandiya va Irlandiya olimlaridan iborat jamoa nanotebranishlarni hosil qilib, mezenximal hujayralarining kollagenli gelidan o‘tkazadi. Bu hujayralar osteosohada suyak to‘qimasiga singadi. Ya'ni, tadqiqotchilarning iborasiga ko‘ra, «suyak shpatlevkasi» vazifasini bajaradi. U suyaklar sinishi va suyak to‘qimasi parchalanishi bilan bog‘liq kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.
Olimlar natijani qo‘lga kiritishda fiziklarning gravitatsiya to‘lqinlarini o‘rganishdagi texnikasidan foydalanishgan. Tadqiqotchilar maxsus kameralar orqali 20 nanometr bo‘lgan tebranishlarni o‘tkazishgan. Bunday oraliqli tebranishlar hujayralardan suyak to‘qimasi hosil qilishga yordam beradi. Kollagenli gel esa ularning uch hadli tuzilmaga aylanishiga yordam beradi.
Ma'lumki, kollagen — inson biriktiruvchi to‘qimalarining asosiy tarkibiy qismi bo‘lsa, gel bemor to‘qimalariga biologik mos tushadigan vositadir.
Ushbu uslub 2020 yili insonda sinab ko‘riladi. Olimlar «shpatlevka» yordamida bemor qo‘lini tiklashga urinib ko‘rishadi.