Xitoyda bir metrdan ortiq displeyga ega elektrokar ishlab chiqariladi

Fan-texnika 22:11 / 12.09.2017 4341

Xitoyning elektromobillarga ixtisoslashgan Future Mobility Corp kompaniyasi 2019 yilda o‘zining ustundan ustungacha bo‘lgan ilk avtomobilini ishlab chiqaradi. Hi-News shu haqida xabar berdi. 

Marka Byton nomini oldi. Ma'lum qilinishicha, bu elektron boshqaruv va avtopilotli krossover bo‘ladi. Investorlar uni ishlab chiqarishga 200 million dollar ajratishdi. To‘liq tayyor avtomobilni keyingi qish mavsumida Las-Vegasda namoyish qilish rejalashtirilmoqda. Hozircha esa Future Mobility Corp vakillari o‘z mahsulotining texnik xususiyatlarini sir tutishmoqda. 

Shunisi ma'lumki, elektrokar ruli salmoqli sensor ekran bilan jihozlanadi, odatiy panel o‘rniga esa ichiga 1,25 metrli ulkan displey o‘rnatiladi. Avtomobil boshqaruvi svayplar yordamida displeylar, imo-ishoralar va ovoz orqali amalga oshiriladi. Byton'da mashinani odatiy yoqish kaliti ham bo‘lmaydi - uning o‘rniga yuzdan taniy olish tizimidan foydalaniladi. Bir martalik zaryaddan da'vo qilingan zaxirasi - 500 kilometr. 

Foto: hi-news.ru

Kompaniya bundan tashqari kelgusi besh yil davomida namoyish qilishni rejalashtirayotgan yana boshqa avtomobillarni ham ishlab chiqarmoqda. Ularning orasida sedan va yetti o‘rinli shahar avtomobili ham bor. Future Mobility kompaniyasiga BMW va Nissan kompaniyalarining sobiq xodimlari tomonidan asos solingan bo‘lib, ular Tesla'ga munosib raqib bo‘lishni maqsad qilishmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: