Xitoyda 10 yoshli qizcha institutga o‘qishga kirdi

10 yoshli vunderkind qizaloq Chjan Iven Xitoyning Xenan provinsiyasidagi Shantsyu shahrida Texnologiya institutiga o‘qishga kirdi. Bu haqda «Jenmin jibao» gazetasida xabar berilgan.
Kirish imtihonlarida ushbu qizcha 353 ball yig‘ib, informatika va elektron muhandislik fakultetiga qabul qilingan. U bu fakultetda 3 yil tahsil oladi.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, ushbu qizcha hech qachon maktabga bormagan, uni ota-onasi uyda o‘qitishgan. Qizchaning otasi u kelajakda doktorlik darajasi olishiga umid qilmoqda.
E'tiborli jihati, ushbu institutga Chjan Iven ikkinchi urinishda kirdi. O‘tgan yili u atigi 172 ball to‘plagan va tanlovdan o‘ta olmagandi.
Mavzuga oid

13:41 / 14.02.2025
“Kalkulyator bola”: 14 yoshli hindistonlik matematikadan bir kunda oltita rekord o‘rnatdi

20:43 / 09.11.2024
Informatika fani o‘qituvchilari ham attestatsiya imtihonidan norozi

11:07 / 18.09.2023
«Orzum olimpiadada medal olish edi» - O‘zbekiston uchun tarixiy natija qayd etgan informatika olimpiadachilari bilan intervyu

14:59 / 11.09.2023