Dunyodagi eng yaxshi temir yo‘l sayyohlik yo‘nalishlari

Fan-texnika 18:33 / 12.09.2017 14538

Siz kim bo‘lishingizdan qat'inazar, kelajagi porloq yozuvchi, shunchaki qiziquvchan sayyoh yoki shunchaki romantikmisiz farqi yo‘q, haqiqiy sayohat sizga ilhom bag‘ishlashi aniq. National Geographic Traveler jurnalining avgust/sentabr oyi soni dunyodagi eng uzoq davom etadigan temir yo‘l sayyohlik yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. Quyida shundan 12 tasini keltiramiz. 

Belgrad — Bar temir yo‘li taxminan 12 soat davomida yo‘lovchilarini 435 ta ko‘prik ustidan va 254 ta tonnel ostidan olib o‘tadi. U Serbiya poytaxtidan Chernogoriyaning Adriatika dengizi sohillariga eltadi. 

Foto: Nick Cottman/Alamy Stock Photo

Markaziy Amerika tabiati bilan tanishishni istaysizmi, Cho‘qqili tog‘ning qorli qoyalari orasidan Serra Nevada orqali Tinch okeani sohillariga eltuvchi California Zephyr («Kaliforniya zefir») temir yo‘lidan yaxshisi yo‘q. 

Foto: Marc Glucksman/Amtrak

Kanada temir yo‘li yo‘lovchilari 3 kun mobaynida Torontodan Vankuverga yo‘l olar ekan, oltin tusli platolar, son-sanog‘i yo‘q ko‘llar va chiroyli qishloqlardan bahra olishlari mumkin. Bunda ularga vagonlarning shaffof oynalari yordam berishi shubhasiz. 

Foto: Via Rail Canada

Royal Rajasthan on Wheels («G‘ildiraklardagi qirollik Rajastoni») tarkibini poyezd bortidagi hashamatli kurort deb atashadi. U yerda hatto spa-salon ham bor! Bir hafta davomida siz Hindistondagi qal'alar, ibodatxonalar va Toj-Mahaldan bahra olish imkoniga ega bo‘lasiz.

Foto: Vijay Mathur/Reuters

Glacier Express («Muzli ekspress») Shveytsariyaning Alp tog‘larida joylashgan ikkita yirik dam olish maskanini temir yo‘l orqali o‘zaro bog‘laydi. Yo‘lovchilar tog‘ cho‘qqilari, daralar va qishloqlarni tomosha qilishadi. 

Foto: Olaf Protze/Getty

Train to the Clouds («Bulutlarga yo‘nalgan poyezd») bilan siz Argentinaning Salta shahridan Chili chegarasigacha qing‘ir-qiyshiq temir yo‘llardan o‘tasiz. U dunyodagi baland tog‘li temir yo‘llardan biri hisoblanadi. 

Foto: Marco Guoli

Afrikaning eng yaxshi yo‘nalishli poyezdi Shongololo Express bortida bo‘lib qolganlar Namibiya, JAR va Zimbabvening ajoyib qo‘riqxonalari va hunarmandlar bozorlarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. 

Foto: Rovos Rail

Rossiyaning Transsibir magistralida sayohat qiluvchilar sabr bilan qurollanishlari kerak bo‘ladi. Axir, Vladivostokdan Moskvagacha bo‘lgan sayohat 14 kun davom etadi. Yarim yo‘lga yetar-yetmas dunyoning eng chuqur va yirik chuchuk suvli ko‘li Baykalni ham tomosha qilish mumkin bo‘ladi. 

Foto: Golden Eagle Trans-Siberian

Ghan o‘z yo‘lovchilarini Avstraliyaning zarg‘aldoq qizil tusli qoq markazidan olib o‘tadi. Dunyoning narigi burchagida yovvoyi tabiatning bunday manzarasini faqatgina poyezdda sayohat qilib tomosha qilish mumkin. Transport vositalarining boshqa biror turi bunday taassurotlarni taqdim eta olmaydi. 

Foto: The Ghan

Orient Express retro-poyezdi o‘z sayyohlarini 4 taomli boy tushlik va kechki liboslar to‘plami bilan temir yo‘llarning oltin asriga olib boradi U London — Venetsiya yo‘nalishi bo‘ylab ikki kunlik sayohatni taklif etadi. 

Foto: Hubert Fanthomme/Paris Match/Getty

Yangi Zelandiyaning TranzAlpine poyezdiga chipta xarid qilgan kishilar Kraystchyorch va Greymut oralig‘ida tabiat manzaralaridan bahra olishlari mumkin. Poyezd 225 kilometrlik masofani 5 soatga yaqin vaqt ichida bosib o‘tadi.

Foto: Age Fotostock/Alamy Stock Photo

Belmond Grand Hibernian sayyohni Irlandiyaning qishloq kengliklariga olib boradi. Uning panoramali vagonlari Dublindan Kork yoki Belfastgacha bo‘lgan masofada zerikmaslikka imkon beradi. 

Foto: Belmond Grand Hibernian
Ko‘proq yangiliklar: