Yaponiyaning Toyota kompaniyasi Frankfurt shahrida ish boshlagan nufuzli xalqaro avtoko‘rgazmada yangi Land Cruiser Prado modelini namoyish qildi. Uning old qismi dizayni butunlay o‘zgargan, salonida yangi uskunalar paneli va markaziy konsol paydo bo‘ldi.
Yangilangan yo‘ltanlamas avvalgisiga qaraganda 60 mm ga uzunroq bo‘lib, 4840 millimetrdir. Yo‘l bilan oralig‘i avvalgidek 215 mm sifatida saqlangan. Biroq, kirish, chiqish va ramplar burchagi endilikda 31, 25 va 22 millimetrni tashkil etmoqda.
Rama konstruksiyasi, doimiy to‘liq tortish va differensiallarni majburiy to‘sish saqlab qolindi. Restaylingdan so‘ng, «Prado»da boshqaruvchi elektronikaning Eco, Normal va Sport kabi uch namunasiga yana 2 ta – Sport S va Sport S + qo‘shildi. Elektronikani turli xil noqulay yo‘l sharoitlariga moslashtiruvchi Multi-Terrain Select tizimida olitnchi, avtomatik ishlash tartibi ham paydo bo‘ldi.
Yangilangan «Prado» Yevropada 177 ot kuchiga ega 2.8 l dizel motor hamda hozirgi 161 va 249 ot kuchli 2.7 va 4.0 l hajmdagi benzinli motorlar bilan jihozlangan holda sotiladi.
Yo‘ltanlamas jihozlariga diodli chiroqlar, Land Cruiser 200 modelida bo‘lgani kabi shaffof tom 360 darajali videotomosha funksiyasi, uch hududli iqlim-nazorati, havoni aylantiruvchi old o‘rindiqlar, 8 dyuymli ekranga ega Toyota Touch 2 multimedia tizimi kiradi.
Bundan tashqari, old va orqa o‘rindiqlarni, rul chambaragi hamda old oynani isitish, salonni qo‘shimcha elektrli isitish va dizelli mashinalarni yurgizishdan avval qizdirish imkoniyatlari qish mavsumi juda sovuq bo‘ladigan mintaqalarga mo‘ljallangan.