«Agrobank»da Call-markazi tashkil etildi

Fan-texnika 17:36 / 12.09.2017 7868

Ayni paytda barqaror va ishonchli faoliyat yuritib kelayotgan «Agrobank» ATB iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, uning yetakchi tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan yangilash, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda aholining ish bilan bandligini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etib kelayapti. 

Bank o‘z faoliyati davomida asosiy urg‘uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog‘i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko‘paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjyetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan. Bu yo‘nalishda zamonaviy texnologiyalar ham jadallik bilan joriy etib borilmoqda.

Yaqinda «Agrobank»da uzluksiz, tun va kun davomida xizmat qiladigan Call-markazi tashkil etildi. Endilikda, Siz uzluksiz ravishda bankka qo‘ng‘iroq qilib, o‘zingizni qiziqtirgan bank xizmatlari haqida ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uchun (0 871) 203 88-88 raqamini terish kifoya!

Call-markazi bilan «Agrobank» xizmatlari yanada qulay va yaqinroq!

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: