Tesla va BMW kompaniyalarining sobiq xodimlari krossover ishlab chiqarishadi

Fan-texnika 19:19 / 11.09.2017 5571

Tesla, BMW va Nissan kompaniyalarining sobiq xodimlari tomonidan tashkil etilgan Future Mobility startapi Byton brendini ishga tushirdi. Uning ilk modeli o‘rta hajmli elektr krossoveri bo‘ladi. Uning uskunalar paneli 1,2 metrni tashkil etib, 2019 yili Xitoyda sotuvga chiqadi. Kompaniya 2020 yili mashinalari qatorini 3 ta elektrokargacha kengaytirishni rejalashtirmoqda. 

Hozircha, Byton modelining texnik xususiyatlari haqida hech narsa ma'lum emas. Shu narsa ma'lumki, u bir marta quvvatlangach, 500 kilometr masofani ortda qoldira oladi. Bu esa, bir hafta mobaynida shaharda yurishga kifoya qiladi, deyishmoqda startap asoschilari. Bunda haydovchi «bir finjon qahvani ichgunicha» to‘liq «quvvatlanadi».

Qiyoslash uchun, Tesla Model X 100D to‘la akkumulyator bilan 565 kilometrni bosib o‘tadi. Krossover quvvatlanishi uchun esa 6 yarim soatlar vaqt talab etiladi. 

Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru

Modelning yana bir o‘ziga xoss jihati ulkan raqamli old panelidir. Uning o‘lchami eniga 1 metr 25 santimetrni tashkil etadi. Krossover tarmoqqa soniyasiga 1000 megabit tezlikda ulana oladi. Shu bilan birga, kalit o‘rniga qiyofan tanish tizimi qo‘llaniladi, salonda barcha funksiyalar harakatlar vositasida boshqariladi. Avtomobil, shuningdek, avtopilot bilan ham boshqariladi. 

Foto: motor.ru
Foto: motor.ru
Foto: motor.ru

Tesla kompaniyasidan tashqari, yangilikka Jaguar I-Pace elektr krossoveri ham raqobatchi bo‘lishi mumkin. U 400 ot kuchli motorga ega bo‘lib, 2018 yilda sotuvga chiqadi. 

Joriy yilda esa, 1050 ot kuchiga ega FF 91 elektr krossoveri taqdim etiladi. Uni Faraday Future firmasi ishlab chiqmoqda. U to‘la batareya bilan 700 km yura oladi. Bu mashina noldan 96 km/soat tezlikka 2,39 soniyada erisha oladi. 

Ko‘proq yangiliklar: