Dunyoning eng mashhur YouTube-blogeri yana irqchilikda ayblandi

Fan-texnika 16:09 / 11.09.2017 7322

Roliklarini YouTube’ning 57 million obunachisi kuzatib boradigan PewDiePie videoblogeri irqchilik bilan bog‘liq mojaro markazida qoldi. Bu haqda TechCrunch xabar bermoqda.

Bloger Player Unknown Battlegrounds o‘yinidagi strimlaridan birida qora tanli personajga nisbatan haqoratomuz so‘z ishlatgan. Strim yozuvi ijtimoiy tarmoqlarda tezkorlik bilan tarqadi, u yerda esa PewDiePie’ni irqchilikda ayblashdi.

Bunga qadar ham YouTube’dagi eng mashhur bloger jamoatchilik tomonidan antisemitizm ruhidagi hazillari va o‘z videolaridagi natsistlar belgilari bo‘lgan tasvirlar sabab bir necha marta tanqid ostiga olingandi.

Avgust oyining oxirida YouTube 12 yilda birinchi marta dizayn va logosini yangilagani xabar berilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: