Artelni dunyo tan olmoqda!

Fan-texnika 11:11 / 11.09.2017 20909

O‘rta Osiyoning yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi Artel kompaniyasini dunyo tan olmoqda. Artel kompaniyasi tashkil topganiga qisqa muddat bo‘lishiga qaramasdan, maishiy texnika va elektronika mahsulotlarining yigirmadan ortiq turini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Jumladan, televizor, muzlatgich, sovutgich, changyutgich, oshxona plitalari, kir mashina, uyali aloqa vositalari va boshqa maishiy texnika vositalarini chuqur mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarish amalga oshirilmoqda. Kompaniyaning ishlab chiqarish zavodlarida Artel mahsulotlari bilan birgalikda, dunyoning Samsung, Shivaki, Royal va Avalon brendlari ostida, ushbu chet el kompaniyalarining texnik talablari asosida ham maishiy texnika vositalari ishlab chiqariladi.

Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifat darajasi va dizayn ko‘rsatgichlari bo‘yicha jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining mahsulotlaridan qolishmaydi. Kompaniyaning ishlab chiqarish zavodlari sifat menejmenti bo‘yicha ISO 9001:2008 sertifikatlariga va Yevropaning sifat talablariga bo‘yicha EAC, CE (Conformité Européenne — «yevropeyskoye sootvetstviye») sertifikatiga ega ekanligi Artel tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifat va boshqa ko‘rsatgichlariga to‘liq javob berishining yorqin misoli hisoblanadi. 

Foto: Artel

Artel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar respublikaning ichki bozori bilan birgalikda, chet elga ham eksport qilinmoqda. Jumladan, Artel mahsulotlari bugungi kunda Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Tojikiston, Ozarboyjon, Gruziya davlatlariga eksportga jo‘natilmoqda. Chet davlatlarida Artel mahsulotlari yirik maishiy texnika vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Eldorado, TexnoDom, TexnoSila, Sulpak kabi savdo tarmoqlarida iste'molchilarga sotilmoqda.

Kompaniyaning eksport salohiyati 2016 yilda, oldingi yilga nisbatan 5 barobarga oshganini kuzatish mumkin. Joriy 2017 yilda ushbu ko‘rsatgichni kompaniya yanada oshirgan holda, 30,0 mln. dollarga yetkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Shu bilan birgalikda, kelajakda eksport geografiyasini yanada kengaytirgan holda, nafaqat MDH davlatlariga balki, Sharqiy Yevropa va uzoq chet el davlatlariga ham mahsulot eksportini amalga oshirish maqsad qilindi va Artel kompaniyasining Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Ozarboyjonda tashkil qilingan savdo uylarining talabiga asosan 2019 yilda 150,0 mln. dollar miqdoridagi mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish boshlab yuborildi. 

Foto: Artel

Kompaniya qoshida mahsulotlarning yangi dizayn va turlarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-izlanish va tajriba-konstruktorlik markazi (Research and Development) tashkil qilingan bo‘lib, ushbu markazda respublikaning iqlim sharoitlari, iste'molchilar talablari asosida mahsulotlarning yangi turlari yaratiladi va ishlab chiqarishga joriy qilinadi.  

Respublikamizda xukumatimiz tomonidan ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, Artel kompaniyasi maishiy texnika va elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida mahalliy va chet ellik tadbirkorlar, biznesmenlarni va yangi g‘oya egalarini Artel kompaniyasida mavjud imkoniyat va ishlab chiqarish kuchlaridan foydalangan holda amalga oshirishga chorlaydi.

Foto: Artel

Artel tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni dunyo hamjamiyatiga kengroq tanitish va Made in Uzbekistan yorlig‘i ostidagi milliy mahsulotlarni dunyo bozorlariga olib chiqish kompaniyaning asosiy maqsad va g‘oyasi hisoblanadi.

Kompaniya faoliyati to‘g‘risida batafsil ma'lumotni +998 (71) 150-99-88 telefon raqamidan yoki artelgroup.org saytidan olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: