Yangi qozoq alifbosi taqdim etildi

Foto: Tengrinews
Qozog‘istondagi Shoaxmetov nomidagi Respublika tillarni rivojlantirish koordinatsion-uslubiy markazi direktori, filologiya fanlari doktori Yerbol Tleshov qozoq alifbosining 25 harfdan iborat yangi variantini taqdim etdi. "Tengrinews" shu haqida ma'lum qildi.
Lotin yozuviga o‘tish bo‘yicha ishchi guruh ishtirokchilaridan biri Majilisdagi chiqishida yangi alifbo variantini taqdim etdi.
"Yangi yozuvga o‘tish bir harfni boshqasiga almashtirishni anglatmaydi. Bu alifboning avvalgi variantlarida yo‘l qo‘yilgan to‘g‘ri yozishga oid kamchiliklarni tuzatishdir. Shu munosabat bilan, bizningcha, alifbo va uning tadbiq etilishi orfografiyaning yangi qoidalarini yaratishni taqozo etadi. Taklif qilingan variantda lotin alifbosining faqat asl harflari olingan", - deya ta'kidladi filolog.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025