Tajriba operatsiyasi 27 yoshli avstraliyalikning oyog‘ini saqlab qolishga yordam berdi. Royben Lixter osteomiyelitning jiddiy shaklidan aziyat chekayotgandi, unga oyoq amputatsiyasi tahdid solayotgan edi, ammo shifokorlar unga bundan avval jonivorlarda sinab ko‘rilgan yangi usulni qo‘llab ko‘rishni taklif qilishdi. Natijada jarrohlar uning oyog‘iga 3D-bosmadan chiqqan ilik suyagi karkasini implantatsiya qilishdi. Hi-News shu haqida ma'lum qildi.
Dastlab bemorning katta ilik suyagining uch karra o‘lchamli modeli yaratilib, uni Singapurga yo‘llandi va u yerda biomuvofiq polimerdan protez tayyorlandi. Implantatsiyani muvaffaqiyatli yakunlash uchun shifokorlar besh operatsiya o‘tkazishlariga to‘g‘ri keldi. Birinchisida to‘qimalardan yiring chiqarib tashlandi, keyingi to‘rttasi esa operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlash uchun o‘tkazildi, zero 3D-protezni shunchaki osonlik bilan o‘rnatib bo‘lmaydi.
Yangi suyak bemorning ilik suyagi va chap tizzasidan olingan qon tomirlari va to‘qimalari bilan qoplandi - hozir ular yangi suyak atrofida rivojlanmoqda. Shifokorlar biroz vaqt o‘tgach to‘qimalar yangi suyakni yarata olishiga ishonch bildirishmoqda, biroq bunga ancha vaqt - taxminan bir yarim yil kerak bo‘ladi. Hozircha Robeynga yurish va oyoqqa og‘irlik tushirish mumkin emas.
Bu suyak o‘rniga 3D-protez o‘rnatilgan birinchi holat emas, bundan avval xitoylik bemorda ham shunday jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.