Bekhem asr transferini amalga oshirmoqchi

Foto: Sport Ekspress
Angliya terma jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Devid Bekhem «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni o‘zining «Mayami» jamoasiga taklif qilmoqchi. Bu haqda A Bola nashri xabar tarqatdi.
Portugaliyalik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2021 yilda nihoyasiga yetadi. Shartnoma tugagan vaqtda Ronaldu 36 yoshda bo‘ladi.
Mayami shahrida tashkil qilinayotgan jamoa hozircha MLSda ishtirok etmaydi. Bekhem jamoasining ligada ishtiroki klub uchun quriladigan stadionning loyihasini tasdiqlanishi va uning qurilishiga ruxsat berilishiga bog‘liq bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid

15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»

11:06 / 14.12.2024
Husanov transfer bahosi bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi

13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida

10:49 / 13.09.2024