Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ONLAYN: Kim qayerga? Oxirgi transfer yangiliklari
31 avgust kuni Yevropada transferlar oynasi yopilmoqda. Transferlarning oxirgi kuni har galgidek qizg‘in kechmoqda. Yoz bo‘yi katta mablag‘lar sarflagan «PSJ» hali to‘xtamadi, «Barselona» hali tarkibni to‘ldira olmadi, Angliyada jamoalar oxirgi soatlardan foydalanib qolishmoqchi. Quyida kim qayerga o‘tayotgani, qaysi jamoa kimni sotib olayotgani haqidagi oxirgi xabarlar bilan tanishib borishingiz mumkin.
Transferlarning oxirgi kunidagi asosiy intrigalar:
Mbappe «Monako»dan «PSJ»ga
Koutino «Liverpul»dan «Barselona»ga
Lemar «Monako»dan «Liverpul»ga
Di Mariya «PSJ»dan «Barselona»ga
O‘zil «Arsenal»dan «Borussiya»ga
Sanches «Arsenal»dan «Manchester Siti»ga
Chemberlen «Arsenal»dan «Liverpul»ga
Chemberlenga javob berildi
Angliya Premer-ligasida muhim transferlar. «Arsenal» futbolchisi Aleks Oksleyd-Chemberlen «Chelsi» taklifini rad etib, «Liverpul»ni tanladi. Bu poygada Yurgen Klopp Antonio Konteni yutib chiqdi. Angliyadan kelayotgan ma'lumotlarga ko‘ra, liverpulliklar klubi ushbu futbolchi uchun London jamoasiga 40 mln funt sterling to‘laydi. Oksleyd-Chemberlen ayni damda yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda
Mbappe — Neymar yoniga
— «PSJ» moliyaviy feyr-pleyga amal qilgan holda 31 avgust kuni Kilian Mbappe transferini amalga oshirmoqchi. «Monako» futbolchisi parijliklarga 150-170 mln yevroga tushadi. «PSJ» Mbappeni keyingi yili sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga olmoqda. Kilian parijliklar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lgan. Endi bu haqda hammaga rasman e'lon qilish qoldi.
«Barselona»: Koutino yoki Di Mariya
— Millioner futbolchilar bosim ostida. «Liverpul» futbolchisi Koutino «Barselona»ga transfer qilinishiga to‘siq qo‘yilgani uchun qattiq norozi. Oxirgi xabarlarda Koutino katalonlar safiga 160 mln yevro evaziga o‘tishi aytilgandi. Shu bilan birga ularda Anxel Di Mariya varianti paydo bo‘ldi. Argentinalik futbolchi «PSJ» rahbariyatidan o‘zini «Barselona»ga qo‘yib yuborishni so‘radi. Endilikda esa katalonlar Riyoz Mahrezni transfer qilishi haqida xabarlar paydo bo‘lmoqda.
Aleksis: Londondan Manchesterga
— Britaniyalik jurnalistlar Aleksis Sanches o‘zini transferga qo‘yishni so‘ragani haqida yozishmoqda, ammo «Arsenal»da bu inkor etildi. Lekin bu transfer bombasi oxirgi kunda portlashi mumkin. «Manchester Siti» «kanonirlar»ga Sanches uchun 50 mln funt to‘lashga tayyor. Xosep Gvardiola o‘z sobiq shogirdini Arsen Vengerdan olib ketmoqchi. Barchasini kun oxirigacha bilib olamiz.
— «Liverpul» Filippe Koutinoni «Barselona»ga sotadigan ko‘rinadi. «Qizillar» «Arsenal»dan Aleks Oksleyd-Chemberlenni oldi. Bundan tashqari, «Liverpul» «Monako»dan Toma Lemarni transfer qilish jarayonini boshladi.
Yozning asosiy transferlari
Neymar «Barselona»dan «PSJ»ga (222 mln yevro)
Dembele «Borussiya»dan «Barselona»ga (105 mln yevro)
Lukaku «Everton»dan «MYu»ga (84,7 mln yevro)
Morata «Real»dan «Chelsi»ga (65 mln yevro)
Mendi «Monako»dan «Siti»ga (57,5 mln yevro)
Lyakazett «Lion»dan «Arsenal»ga (55 mln yevro)
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Paynet: O‘zbekistonda fintex sohasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan 5 yangi xizmat
O‘zbekiston | 17:00
-
Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
Jahon | 16:57
-
“Iqtisodni xalq salomatligidan ustun qo‘yishmasin” – zaharlanayotgan navoiyliklar haqida suhbat
Jamiyat | 16:21
-
Hafta davomida harorat o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:15
Mavzuga oid

09:40 / 03.09.2019
APL klublari Angliyada transferlar oynasi erta yopilganidan norozi

01:35 / 03.09.2019
«Kuchli beshlik»da transfer oynasining so‘nggi kuni – eng muhim transferlar, kelishuvlar, bitimlar

02:13 / 18.06.2018
Braziliya – Shveytsariya: Koutino uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

10:11 / 13.03.2018