AQSh Turkiyaga F-16 samolyoti uchuvchilari instruktorlarini yuborishdan bosh tortdi

Foto: Flickr/Airwolfhound
AQSh Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyoti uchuvchilariga instruktorlik qiluvchi mutaxassislarni yuborish iltimosiga rad javobini berdi. Bu haqda Hurriyet Daily News nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, murojaat AQShga “reaktiv samolyotlar uchuvchilari yetishmasligini to‘ldirish uchun” yo‘naltirilgan.
Turkiya shuningdek boshqa davlatlarga ham shunday iltimos bilan murojaat qilgan. Pokiston Turkiyaga ijobiy javob bergan, biroq AQSh bunga qarshi chiqqan. AQSh samolyotlarining xarid qilinishi kelishuviga ko‘ra, uchinchi davlatlarga ularni sotish, bu davlatlar tomondan ularga texnik xizmat ko‘rsatish va jangovar tayyorlash Vashington tomondan ma'qullanishi lozim.
Anqara Vashingtonga qayta murojaat qilganda ham rad javobini olgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Pentagon bunga “xorijda uchuvchilarni tayyorlash dasturlari mavjud emasligi” bilan javob bergan. AQSh turk uchuvchilarini AQShga o‘qitishga jo‘natishni taklif qilgan, biroq Turkiya uchuvchilarning o‘z bazalarida o‘qitilishini talab qilgan.
Mavzuga oid

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37 / 10.03.2025