AQSh harbiy kemalari Boltiq dengiziga qachon kelishi ma'lum bo‘ldi

Foto : U.S. Navy
AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemalari Rossiya-Belarusning «G‘arb-2017» mashqlari o‘tkazilishi sababli Boltiq dengiziga kuzda keladi. Bu haqda Litva prezidenti Dalya Gribauskayte AQSh Kongressi vakillari bilan uchrashuvi davomida ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, AQSh Rossiya-Belarus harbiy mashqlarining o‘tkazilish vaqti yaqinlashayotgani tufayli Litva mudofaa sohasidagi majburiyatlarni bajarish bo‘yicha real qadamlar qo‘ymoqda.
«Litvada amerikalik harbiy xizmatchilar va texnika, NATOning Boltiq dengizi davlatlari havo hududini patrul qilish bo‘yicha missiyasi Amerikaning qo‘shimcha qiruvchilari hisobidan kuchaytirildi. Boltiq dengiziga kuzda AQSh HDK kemalarining kelishi kutilmoqda», - deya Gribauskaytening so‘zlarini keltiradi prezident matbuot xizmati.
Avvalroq AQSh Litvaga 7 ta F-15C Eagle qiruvchisini yuborgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025
Bloomberg: Trampning maslahatchilari Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish rejasini ishlab chiqmoqda

16:37 / 10.03.2025