Moody’s Investors Service va S&P Global Ratings xalqaro reyting agentliklari Tojikiston respublikasiga xorijiy va milliy valyutada mustaqil reytinglarni taqdim etdi. Reyter agentligi shu haqda xabar qilmoqda.
Moody’s Tojikistonga V3+ darajasini taqdim etdi. S&P Global Ratings esa barqaror B- reytingini taqdim etdi. Ikkala agentlik Markaziy Osiyoning eng kuchsiz iqtisodiyoti istiqbollari yaxshilanayotganini qayd etishgan.
Bugungi kunda 8,6 mln kishi istiqomat qiladigan Tojikistonda 2016 yili YaIM jon boshiga 800 dollardan oshgan.
Mamlakat iqtisodiyoti ma'lum darajada mehnat muhojirlarining jo‘natmalariga bog‘liq. 2016 yilda Rossiya MB ma'lumotiga ko‘ra, RFdan Tojikistonga pul o‘tkazmalari 1,8 milliard (2015 yilda 2 mlrd) dollarga tushgan. Bunga Rossiya rublining qadrsizlanishi va iqtisodiy pasayishi sabab bo‘ldi.
Shu bilan birga, Tojikiston sentabr oyida 10 yillik muddatga 500 million dollarlik yevrobondlar chiqarishni rejalashtirmoqda.
Mamlakat tashqi qarzining umumiy miqdori 2017 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, 2,3 milliard dollarni yoki YaIMning 35,8 foizini tashkil etadi.
Tojikiston shu yilning birinchi yarmida 84,56 million dollarlik byudjyet mablag‘ini tashqi qarzni to‘lashga sarflagan. Shundan 66,03 million qarzning asosiy qismi, 18,5 million dollar foiz to‘lovlarini tashkil etgan.