Boks, JCh–2017: Hasanboy Do‘smatov chorakfinalda g‘olib chiqib, yarim finalga yo‘llanma oldi

Foto: AIBA
Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo‘yicha AIBA shafeligi ostida o‘tayotgan jahon chempionati chorak final o‘yinlari boshlandi. Ma'lumki, chorakfinal janglarida to‘qqiz nafar bokschimiz qatnashmoqda.
Dastlabki jangda 49 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov hindistonlik Amit Kumarga qarshi ringga chiqdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Bu esa Hasanboy eng kamida bronza medalni qo‘lga kiritganini bildiradi.
Chorakfinal janglarida qatnashayotgan qolgan bokschilarimiz quyidagi soatlarda ringga chiqishadi.
64 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 19:15
Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Artyom Harityunyan (Germaniya)
75 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 19:45
Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Troy Isli (AQSh)
91 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 20:15
Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Roy Korving (Niderlandiya)
52 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:15
Jasurbek Latipov (O‘zbekiston) - Seyber Avila (Kolumbiya)
60 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:45
Elnur Abduraimov (O‘zbekiston) - Otar Eranosyan (Gurjiston)
69 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:00
Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - Pet MakKormak (Angliya)
81 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:30
Bektemir Meliqo‘ziyev (O‘zbekiston) - Yerik Aljanov (Qozog‘iston)
91+ kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:55
Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Qamchibek Qo‘nqaboyev (Qozog‘iston)
Mavzuga oid

17:22 / 23.12.2024
Husanov – yilning eng yaxshi yosh sportchisi, Do‘smatov va Keldiyorova yilning eng yaxshi sportchilari. «Milliy sport mukofoti-2024» g‘oliblari e’lon qilindi

20:26 / 09.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Olimpiada chempionlariga qo‘ng‘iroq qildi

01:59 / 09.08.2024
Hasanboy Do‘smatov – ikki karra Olimpiada chempioni!

10:33 / 08.08.2024