Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hasanboy Do‘smatov – ikki karra Olimpiada chempioni!
U bunday natijaga erishgan ilk o‘zbek bokschisi bo‘ldi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi boks bo‘yicha dastlabki medalini qo‘lga kiritdi.
-51 kg vaznda Hasanboy Do‘smatov finalda fransiyalik Bilol Bennamaga qarshi ringga ko‘tarilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi.
Do‘smatov turnirdagi ishtirokini nimchorakfinalda Puerto-Riko vakili Hesus Huanma Lopesga qarshi jangda g‘alaba qozonish bilan boshlagandi (5:0), keyin chorakfinalda qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi o‘ta og‘ir jang o‘tkazdi (3:2), yarimfinalda esa Kabo-Verde vakili David de Pina to‘sig‘idan o‘tdi (5:0).
Ushbu bokschi Rio-2016 olimpiadasida ham tengsiz bo‘lgandi.
Boks bo‘yicha o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi, jahon chempioni Abdumalik Xalokov ham Olimpiya o‘yinlarining finaliga yo‘llanma oldi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchi yarimfinalda avstraliyalik Charli Seniorni mag‘lubiyatga uchratdi (5:0).
Endi u 10 avgust kuni chempionlik uchun ringga ko‘tariladi. Uning oltin yo‘lidagi so‘nggi raqibi o‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov yordamida ishtirok etayotgan qirg‘izistonlik Munarbek Seyitbek uulu bo‘ladi.
Shu tariqa, yarimfinalgacha yetib kelgan o‘zbekistonlik 5 nafar bokschining barchasi hal qiluvchi bosqichga yo‘l olishdi.
Avvalroq taekvondo bo‘yicha Ulug‘bek Rashitov ham ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritib, bu borada birinchi o‘zbekistonlikka aylangandi.
Kun avvalida 45-o‘rinda turgan O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024dagi medallarini 5 taga (3 ta oltin, 2 ta bronza) yetkazib, umumjamoa hisobida 18-pog‘onaga ko‘tarildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va’da qilgan Patriot tizimlaridan birinchisi Ukrainaga yetib keldi
Jahon | 19:40
-
«Yo‘q, bu bino besh yil avval qurilgan» - AQSh Markaziy banki rahbari Trampni «tuzatdi»
Jahon | 19:39
-
Kasb egallash uchun internet orqali bepul videodarslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 19:31
-
“KAMAZ” savdodagi pasayish sabab 4 kunlik ish haftasiga o‘tmoqda
Biznes | 19:23
Mavzuga oid

20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi

17:22 / 23.12.2024
Husanov – yilning eng yaxshi yosh sportchisi, Do‘smatov va Keldiyorova yilning eng yaxshi sportchilari. «Milliy sport mukofoti-2024» g‘oliblari e’lon qilindi

18:15 / 13.09.2024
O‘zbekiston Paralimpiya harakatining oltin avlodisiz – Shavkat Mirziyoyev

21:04 / 07.09.2024